Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi kafolatlangan

Mamlakatimizda aholi ijtimoiy himoyasiga, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilyapti. Masalan, Prezidentimizning shu yil 2 fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarinii qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra,  shu yilning 1 aprelidan boshlab mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan  nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mgacha oshirildi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasi to‘lanadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, viloyatimiz hududida Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rovojlantirish agentligiga  qarashli Urgut "Muruvvat" nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar uchun ikkita internat uyi faoliyat yurityapti. Ularning birida ruhiy asab xastaligi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan ayollar, yana birida shunday erkaklar istiqomat qiladi. Ular orasidagi 18 yoshdan katta ruhiy asab kasallikka chalingan 1- va 2-guruh nogironlari to‘liq davlat ta’minotiga olingan.

Bu kabi muassasalarga o‘xshash boshqa muassasalar ham borki, ular faoliyati, bu yerda yashayotgan nogironligi mavjud bolalar va katta yoshdagi kishilar taqdiri davlatning e’tiboridan chetda qolmagan. Bizning tibbiy-ekspertiza komissiyasi jamoasi bu kabi imtiyozlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetkazish, ularga ko‘maklashish maqsadida zarur tadbirlarni belgilab olgan va zarur tadbirlarni amalga oshiryapti.

Marhabo Uzoqova,

Samarqand shahridagi 60-TEK boshlig‘i.