Norkalarga qiron keldi

Ispaniyaning shimolidagi fermalarning birida minglab qorakuzan (norka)lar koronavirus bilan kasallangani tufayli o‘ldiriladi. Bu haqda Yel Pais xabar berdi.

Hodisa mamlakatning mo‘yna fermer xo‘jaliklarining qariyb 80 foizi joylashgan Galiciya mintaqasida sodir bo‘ldi. Hozirga qadar koronavirus 3,1 ming norkada topilgan bo‘lib, ularning barchasi uxlatib o‘ldiriladi. Ma’lum qilinishicha, Ispaniya hukumati ushbu voqea to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Yevropa komissiyasini albatta xabardor qiladi.

Ma’lumki, 2020 yil noyabr oyida Daniya mutatsiyaga uchragan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun mo‘yna fermer xo‘jaliklaridagi barcha norkalarni yo‘q qilishga qaror qilingan edi. Ushbu hayvonlarda odamlarga tarqaladigan va antitellar hosil qilish qobiliyatining zaiflashtiradigan infeksiya aniqlandi. Oyning oxirida o‘ldirilgan norkalar ko‘milgan yeridan "chiqa boshladi". Gap shundaki, ularda hosil bo‘lgan hayvon gazi natijasida ularning jasadi shishib, yuzaga ko‘tarilgan.

Ushbu voqeadan so‘ng JSST sut emizuvchilarining koronavirusga ta’sirchanligini tasdiqladi va ularni odamlar uchun xavfli deb topdi.