Norozilik namoyishlari Gonkong puldorlarini milliardlab dollarlardan mahrum qildi
Gonkongning badavlat fuqarolari Xitoy hukumatiga qarshi bo‘layotgan norozilik namoyishlari tufayli 19 milliard dollar zarar ko‘rishdi. Lenta.ru bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Shahar aholisi qonunbuzarlarni materik Xitoy hududiga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqishmoqda, bu ularni huquqlarini buzilishi, deb hisoblashmoqda. Noroziliklar Gonkong iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qildi: ko‘plab kompaniyalarning aksiyalari narxi tushib ketdi va tub aholining moliyaviy ahvoliga ta’sir qildi.
Bloomberg Billionaires Index agentligining kunlik reyting ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z daromadlarini Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalardan oladigan 10 ta eng boy magnatlarning moliyaviy ahvoli 23 iyuldan beri 19 milliard dollarga kamaygan. Masalan, Gonkongning eng badavlat odami Li Kashinning moliyaviy ahvoli taxminan to‘qqiz foizga kamaygan (2.7 milliard dollarga).
23 iyul Gonkong fond bozori uchun oxirgi yaxshi kun bo‘ldi, shundan beri u to‘qqiz savdo kunidan beri tinmay pastga tushyapti. Bu holat sobiq Britaniya koloniyasi Gonkongni 1997 yili Xitoy tasarrufiga o‘tganidan beri eng yomon ko‘rsatkich.
Yo‘qotishlar qisman AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy urush bilan bog‘liq, biroq bu holat ekspertlarning Gonkongdagi siyosiy inqiroz, uning dunyoning yetakchi moliyaviy va tijorat markazlaridan biri sifatidagi jozibasini yo‘qotishi haqidagi xavotirini yana bir karra ta’kidlaydi. Noroziliklar Gonkongning moliya vaziri Pol Channing iqtisodiy pasayish kutilayotganligi haqidagi bildirishiga sabab bo‘lgan turizm va chakana savdo sohasiga jiddiy zarar yetkazib bo‘ldi.
Hozircha investorlar kutish va kuzatish pozitsiyasini egallashdi, chunki voqealar qanday rivoj topishini tushunish qiyin. Bloombergning ta’kidlashicha, ko‘p milliarderlarning iqtisodiy holati, dunyoda eng qimmat hisoblangan, shahardagi ko‘chmas mulk narxi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Davom etayotgan tartibsizliklar aholining boy qatlamiga yanada jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.