Nurobod tumani hokimi qo‘shnilarni yarashtirib, “yarash oshi” tashkil qildi

Nurobod tumanining Nurbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, bir-biriga qo‘shni bo‘lgan “Qaynar bobo” XK rahbari Q.S. hamda “Sardorbek tumori” XK rahbari A.O‘.lar uzoq yillardan beri yonma-yon yashayotganligi, hovlilarini ajratib turuvchi devor hamda ortiqcha yer maydoni ustida janjallashib kelgan.

Joriy yilning 13 sentyabr kuni Nurobod tumani hokimi F.Zoirov, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ushbu kelishmovchilikka barham berish uchun ularning xonadoniga bordi. Tuman hokimi qo‘shnilar - Q.S. A.O‘.larni o‘zaro murosaga keltirdi. Mahalla faollari tomonidan ikki qo‘shni hovlilari chegarasini aniq ko‘rsatib turuvchi devor qurilib, muammoga barham berildi.

Ushbu tashabbus samarasida “yarash oshi” ham tashkil qilinib, bundan keyin qo‘shnilar orasidagi g‘am-g‘ussa, urush-janjalni bartaraf etishga kelishib olindi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.