Nurobodda 8200 AQSh dollari va 20 million so‘m pullarni o‘marib ketganlar ushlandi
2020 yil 21 avgust kuni Nurobod tumani IIBga Nurobod tumani Sazag‘an mahallasida yashovchi, J. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 14 avgust kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar yashash uyining xonasida bo‘lgan temir sandiq ichidan jami 8.200 AQSh dollari va 20.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bayon qilib, ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, yetkazilgan moddiy zararni undirib berishlikni so‘ragan.
Nurobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, mazkur o‘g‘irlik jinoyati Nurobod tumani Sazag‘an mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan L. va 1996 yilda tug‘ilgan Q.lar tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.