Nurobodda “Yoshlar kutubxonasi” ish boshladi
Shu bois nafaqadagi, kitoblari ko‘p ustozlarimiznikiga badiiy kitob qidirib boraman. Sababi, kitob mutolaasiga qiziqaman. Ayniqsa, ikki yildan buyon o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovini ko‘rib, kitobga bo‘lgan mehrim yanada oshdi. Kelgusida vaqtimni ko‘proq kitob mutolaa qilish bilan o‘tkazaman va men ham tanlovda ishtirok etaman. Bunday maqsadga erishish uchun menga albatta, mahallimizda ochilgan kutubxona asqotadi.
Shalola Keldiyorovaning bunday fikrlarga kelishiga Nurobod tumani Bunyodkor mahallasida qurilgan “Yoshlar kutubxonasi” sabab bo‘ldi.
Mazkur ziyo maskanining ochilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati va tuman kengashi xodimlari hamda mahalla faollari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan kutubxonada 2000 ga yaqin badiiy asarlar, bolalar hamda tarixiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin olgan.
A.PO‘LATOV.