Nurobodlik qizlar voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Toyloq tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Nurobod tumani jamoasi qo‘lga kiritdi. Urgut va Toyloq tumani qizlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga munosib ko‘rildi.

Ushbu jamoalar joriy yilning 22-27 dekabr kunlari voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarda viloyatimiz sharafini himoya qilib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalar yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.