O‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun g‘oyat omadli o‘tdi.

Bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Bular:

 - Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, 1.84 m)

- Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 m)

- Dilshoda Usmonova (stipl-chez, 10:22.402)

- O‘g‘iloy Norboyeva (ko‘pkurash, 5130 ochko)

Shuningdek, o‘n kurashchilar Nodir Norboyev (6956 ochko) va Samandar Mahmudov (6840) mos ravishda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 3-kuni yakunida umumiy medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.