Ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda

2020 yil 1-2 may kunlari respublikamiz hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy hududlarida hosil bo‘lgan nam havo oqimi kirib kelishi natijasida:

1 may kuni Samarqand viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda kuchayishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

2 may kuni ham viloyat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi va ayrim joylarda yomg‘ir kuchayishi kutilmoqda.

Shamolning tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha yetib, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s (82-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin.

30 aprel - 3 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor.

Ob-havoning keskin o‘zgarishi, kuchli yog‘ingarchilik va shamol sababli aholidan shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etish, mavjud ariqlar, quvurlar va oqava tarmoqlarini tozalash, elektr va aloqa tarmoqlari yaqinidagi daraxtlarni butash, tog‘ va tog‘oldi hududlarda chorva boqmaslik, daraxtlar, reklama qurilmalari ostida transport vositalarini qoldirmaslik so‘raladi.