Obama Trampni demokratiya dushmani deb aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp – demokratiya dushmani, uni Amerikada yo‘q qilishga tayyor. AQSh Demokratik partiyasining onlayn yig‘ilishida, mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama shunday ta’kidladi. Uning nutqi The New York Times nashrida chop etildi.
“Ushbu ma’muriyat, g‘alaba qozonish uchun lozim bo‘lsa bizning demokratiyamizni yo‘q qilishga tayyor ekanini ko‘rsatdi. Shu sababli biz uni mustahkamlashimizga to‘g‘ri keladi”, - dedi Obama.
Amerikaning sobiq rahbarining fikriga ko‘ra, amaldagi prezident qayta prezident bo‘lish uchun harakat qilmayapti, u demokratiya institutlarini tan olmagan holda, faqatgina o‘zining va boshqa badavlat insonlarning manfaati uchun harakat qilmoqda.
Barak Obama saylovchilarni, Trampning saylovlardagi raqibi bo‘lgan Jo Baydenga ovoz berishga chaqirdi. Obama Baydenni o‘zining birodari deb atadi va u mamlakatni qora kunlardan olib chiqa olishiga ishonch bildirdi.
AQSh prezidentligiga saylovlar 2020 yilning 3 noyabr sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.