Obunachiga gazetalar o‘z vaqtida yetkaziladigan bo‘ldi
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Zarnews.uz saytida “Obuna bo‘lgan gazetamizni pochta o‘z vaqtida yetkazmayapti” sarlavha bilan Samarqand shahridagi Sartepa maskanida istiqomat qiluvchi O‘rinboy Normatovning murojaati e’lon qilingan edi.
Ushbu murojaatga “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali direktori vazifasini bajaruvchi U.Mavlonov imzosi bilan quyidagicha javob oldik:
“Ushbu murojaat ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda O‘rinboy Normatovning obuna gazetalari “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand pochta aloqa bog‘lamasiga qarashli 61-son aloqa bo‘limi tomonidan to‘liq yetkazilganligi, 27 oktyabrdagi 1 ta soni 29 oktyabr kungi gazeta bilan qo‘shib berilganligi aniqlandi. Murojaatchi bilan suhbatlashish jarayonida pochta xodimlariga e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.
Pochta xodimlariga kelgusida gazeta sonlarini vaqtida yetkazib berish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz”.