Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqiladi

“O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan 2021-2025 yillarda O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

➖ ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazalarini takomillashtirish;

➖ ma’lumotlarning ochiqligini metodik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;

➖ ma’lumotlarning ochiqligini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash;

➖ ma’lumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlash.

2021 yildan ochiq ma’lumotlar bo‘yicha hamjamiyatni shakllantirish va Internetda ochiq ma’lumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini yaratish maqsadida muntazam ravishda “Open Data Day” va “Open Data Week” o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 avgustgacha Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.