Odamlar bilan muloqotni umuman cheklagan insonlarga virus yuqmasligi mumkin
Ushbu savolga AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob qaytardi:
— JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Bugungi kunda niqob taqib yurish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni doim sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish hamda imkon qadar o‘zini alohidalagan shaxslarga kasallik yuqish ehtimoli pasayadi yoki virusning organizmga tushishi kamayadi.
Odamlar bilan muloqotni umuman cheklagan insonlarga virus yuqmasligi mumkin.
Biroq ta’kidlash lozimki, bugungi pandemiya davrida inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va o‘sha davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, bu kasallikni yengil kechirishi mumkin.
Shuningdek, bugungi kunda kasallanib o‘tganlar organizmida neytral antitanachalar hosil bo‘lsa, bu insonlarda turg‘un immunitet hosil bo‘lishi va koronavirusga qayta chalinmasligi to‘g‘risida Yevropa olimlari tadqiqotlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi.