Odamlar foyda keltirishiga ishonmagan kashfiyot va ixtirolar
Biror bir sinalmagan yangilik o‘z yo‘lini topa olgunga qadar ancha vaqt kurashishiga to‘g‘ri kelib, ko‘plab mualliflarning muhim ixtirolari masxara va nafrat bilan kutib olingan hollar juda ko‘p bo‘lgan. Bugun badxoh kishilarning ushbu g‘oyalar barbod bo‘lishi mahkumligiga amin bo‘lgan fikriga zid muvaffaqiyat erishgan ixtirolar haqida gapirib o‘tamiz.
Elektr lampochkasi
XIX asrning eng sermahsul ixtirochilaridan biri Tomas Edison birgina Qo‘shma Shtatlarda 1093 ta patent olgan. E’tiborlisi, u birinchi tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli elektr lampochkasi orqali tarixga kirdi. Oldingi modellar juda qimmat va samarasiz bo‘lgan edi.
Edisonning lampochkasi nafrat bilan kutib olindi: Stivens Texnologiya instituti olimi Genri Morton ixtiro “shak-shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka uchrashishi”ni bashorat qildi. Aftidan qadim Britaniyani qorong‘u asrlarda qoldirishga qaror qilgan Buyuk Britaniya parlament qo‘mitasi bu lampochkaga nisbatan “bizning transatlantik do‘stlarimiz bir nazar tashlasa bas... lekin omilkor yoki ilmiy kishilarning e’tiboriga loyiq emas”, degan xulosaga kelgan.
O‘zgaruvchan tok
Ko‘rinishidan Tomas Edison o‘zining qoralovchilardan qolishmagan va aslida u ham bugungi kunda eng ko‘p qo‘llanilib kelinayotgan ixtirolardan birining tanqidchisi bo‘lgan.
Garchi bu elektr ta’minotining yanada samarali va qulay usuli bo‘lsa-da, Edison elektr quvvati tizimlari tarafdori edi va ko‘pincha Nikola Teslaning o‘zgaruvchan tok modelini masxara qilgan edi. Shu jumladan, Edison “o‘zgaruvchan tok bilan chalg‘itish – vaqtni behuda sarflashdir, undan hech kim hech qachon foydalanmasligi aniq”, degan noaniq bashoratni qilgan.
Telefon
1876 yilda shotlandiyalik Aleksandr Bell telefon uchun patent olgan birinchi ixtirochi bo‘ldi – bu tarixiy lahza uni “zamonaviy aloqalarning otasi”ga aylantirdi va u o‘z ixtirosini sotish harakatiga tushdi.
Bell Amerikaning Western Union kompaniyasiga murojaat qilib, ularga o‘z patentiga bo‘lgan huquqlarini 100 000 dollarga taklif qildi. Biroq kompaniya “qurilmadagi aniq kamchiliklarni ro‘kach qilib, uni hatto o‘yinchoq deyishga arzimaydi”, deb taklifni rad etdi.
Tinib-tinchimagan Bell 1877 yilda Bell Telephone kompaniyasiga asos soldi va o‘n yildan kamroq vaqt ichida 150 mingdan ortiq Qo‘shma Shtatliklar telefon egasiga aylandi.
Avtomobillar
x
1899 yilda “Adabiy dayjest” jurnali avtomobillar to‘g‘risida shunday izoh berdi: “Endi boylar uchun hashamatga aylangan oddiy “otsiz arava”, kelajakda uning bahosi tushishi aniq va unga hech qachon velosipedda bo‘lganidek ehtiyoj bo‘lmaydi”.
To‘rt yil o‘tgach, Michigan jamg‘arma banki prezidentidan “ot shu yerda qoladi, mashina esa shunchaki yangilik, g‘alati injiqlik” deb masalahat olgan detroylik huquqshunos Goratsiy Rekxem bu maslahatni e’tiborsiz qoldirdi va 1908 yilda 1918 yilga kelib Amerikadagi avtomobillarning yarmini qamrab olgan Ford Motor kompaniyasi T modelli avtomobilni ishlab chiqdi.
Kosmik parvozlar
XX asrda Sovet Ittifoqi kosmik sanoatida yetakchi edi va Konstantin Siolkovskiy raketalar yordamida koinotni zabt etish yo‘llarini topishga harakat qilardi. Bunga ishonmagan amerikalik ixtirochi Li Di Forest 1920 yillarda “Fan qanchalik rivojlanib ketmasin, men odamlarning bunday parvozlarni hech qachon amalga oshira olmasligiga kafolat beraman”, degan edi:
"Nyu-York Tayms" gazetasi ham shu kabi “Raketa Yer atmosferasini tark eta olmaydi”, degan xulosaga keldi. Biroq, 1961 yilda kosmonavt Yuriy Gagarin koinotga uchgan birinchi odam bo‘ldi va 1969 yilda “Appolon II” kosmik kemasi Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.