Oddiy o‘qituvchi qanday qilib 100 foiz ustama olishi mumkin?

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘qituvchining maqomini oshirish va uni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yish masalasi ko‘tarildi. Negaki Mustaqillikning dastlabki chorak asri mobaynida o‘qituvchilarning maqomi, obro‘si, ularga yuklatilgan ijtimoiy vazifaga mos kelmaydigan darajada edi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2020 yil 30 sentyabr kuni o‘quvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini o‘ylab, o‘qituvchi va muallimlarning hayotimizdagi nufuzi va mavqeini oshirish maqsadida, ularning maqomini qonun darajasida belgilashni taklif qildi.

Umuman, xorijiy tilga ehtiyoj ko‘paygani bois “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tuzildi.

Qarorga ko‘ra 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab S1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi. Endilikda akademik litsey va professional ta’lim muassasalarida kamida S1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari faoliyat yuritishadi. Ular attestatsiya jarayonlarida maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etiladi.

- Sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilarining maoshi oshiriladi.

- Qishloqlarda til o‘rgatuvchi o‘quv markazlari ochish uchun 50 mln. so‘mgacha subsidiya beriladi.

- Davlat organlarida chet tili darslari yo‘lga qo‘yiladi. Til bilgan xodimlarga ustama to‘lanadi.

- Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi shart. Bu haqda Prezidentimiz 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Xulosa qilib aytganda, bu qaysi bir tuman yoki viloyatning chekka joylarida qaysidir fandan o‘qituvchi yetishmasa va o‘sha joyga boshqa tumandan o‘qituvchi borib ishlasa 50 foiz, boshqa viloyatdan o‘qituvchi borib ishlasa 100 foiz ustama haqi oladi degani.

Dilbar MELIBOYeVA, Bulung‘ur tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim matabi ingliz tili fani o‘qituvchisi.