Odobnoma: Hammasi o‘z qo‘llaringda
- 08.04.2019 08:00
- 113
- Mutolaa
Qadimda ko‘hna shaharda shogirdlari ko‘p ustoz yashardi. O‘quvchilardan eng qobiliyatlisi bir kuni o‘ylabdi: “Bizning Ustoz javob bera olmaydigan savol bormikan?”
U gullagan chamanzorga borib, eng chiroyli kapalakni tutdi va kaftlari orasiga yashirdi. Kapalak qutilishga urinar, panjachalari bilan kaftini qitiqlardi. U tabassum bilan ustozi oldiga keldi va so‘radi:
-Aytingchi, qo‘limda qanday kapalak bor, tirikmi yo o‘likmi?
U kapalakni kaftlarida qisar va o‘zi haq bo‘lishi uchun ezg‘ilashga tayyor edi.
Ustoz shogirdi qo‘llariga qaramasdan javob berdi:
-Hammasi o‘z qo‘llaringda.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.
So'nggi yangiliklar
Mahalla servis kompaniyalari nega ishlamayapti?
- Bugun, 10:49
- Samarqand
Odamning o‘rni
- Kecha, 17:45
- Mutolaa