Odobnoma: Har oyda bir kun ro‘za tutingki, toki vujudingiz dam olsin

- Juda issiq yoki juda sovuq ovqatlarni iste’mol qilmang, ularda baraka ham, shifo ham bo‘lmaydi.

- Taomni uzoq chaynab, keyin yeng.

- Ovqatdan oldin va keyin qo‘llarni yuving.

- Ovqatni faqat ishtaha kelganida tanovul qiling, ko‘p yemang. Ovqatlanish paytida ko‘p suv ichmang.

- Qishda ko‘proq yog‘li, kuchli taomlarni, yozda esa yengilroq ovqatlarni va sabzavot- ko‘katlarni yeng.

- Dasturxoningizdan xurmo arimasin. Uzum, xurmo va zaytun.

- Charchagan vaqtingizda shirinliklardan tanovul qiling.

- Siniq kosada ovqat yemang, suv ham ichmang.

- Ovqatlanayotganda yaxshi kayfiyatda bo‘ling, yolg‘iz ovqatlanmang.

- Suvni birdan simirmay, ho‘plab-ho‘plab iching. Aks holda jigar xastaligini keltirib chiqaradi.

- Agar sut ichsangiz, suv bilan og‘zingizni chaying, chunki unda yog‘ bor.

- Behi yeyish yurak xastaligini ketkazadi.

- Ukrop iste’mol qilish qulanj (yo‘g‘on ichak kasalligi)ning oldini oladi. Sigirning suti shifo, yog‘i davodir.

- Sigir sutini ko‘proq iste’mol qilinglar. Chunki u turli dorivor giyohlarni yeydi.

- Iste’molda sut mahsulotlari bilan baliqni aralashtirmang.

- Asal yeb turing, chunki u ming dardga davodir. Har oyda bir kun ro‘za tutingki, toki vujudingiz dam olsin.