Odobnoma: Urug‘
- 06.04.2019 08:00
- 76
- Mutolaa
Bir kuni o‘quvchilar keksa ustoz oldiga kelib, undan so‘radilar: nega yomon odatlar odamni osongina egallaydi, yaxshilari esa qiyin va ancha omonat bo‘ladi.
-Agar sog‘lom urug‘ni qoldirib, kasalini yerga ko‘msangiz nima bo‘ladi?
-Oftobda qolgan urug‘ halok bo‘ladi, tuproqqa ko‘milgani yomon bo‘lsa ham o‘nib chiqadi, lekin kam hosil bo‘lib yomon meva beradi, - javob berishdi o‘quvchilar.
-Odamlar ham xuddi shunday qilishadi: xayrli ishlarni dildan bajarish, qalbi to‘rida asrash va kamol toptirish o‘rniga, ularni ko‘z-ko‘z qilish uchun chiqarib qo‘yishadi va ehtiyotlamay nobud qilishadi. O‘zlarining gunohlari va illatlarini esa boshqalar ko‘rmasligi uchun dillari tubiga yashirishadi. Ular u yerda o‘sadi, qalblarini egallaydi, o‘zini esa beburd qiladi.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Talabalar "Zakovat" intellektual o‘yinida bellashdi
- 24 daqiqa avval
- Ta’lim
To‘rt viloyatga rahbar bo‘lgan hokim
- 2 soat avval
- Samarqand