Odobnoma: Mergan
- 05.04.2019 08:00
- 54
- Mutolaa
Yosh samuray qo‘lida yoy va bir nechta o‘q bilan turib, nishongacha bo‘lgan masofani nazari bilan o‘lchardi. Yonidan o‘tayotgan rohib unga aytdi:
-Agar xato otib, keyin to‘g‘rilashga umid qilsang, sen yaxshi mergan bo‘lmaysan.
-Nega? – so‘radi samuray.
-Negaki, jangda bunday imkoniyat bo‘lishi dargumon. Nishonni bir martada urishni o‘rgan, doimo esingda tut – senda birgina o‘q bor. Hayotda har qanday ishni darhol bajar, keyin nimanidir to‘g‘rilayman, deb umid qilmagin.