O‘gay qiziga zo‘ravonlik qilgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Shirin shahar, Farhod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 15 yoshli voyaga yetmagan qiz (maktab o‘quvchisi) X.A.ning o‘gay onasi tomonidan unga yomon munosabatda bo‘lib kelinayotganligi, ko‘p hollarda doimiy ruhiy bosim o‘tkazilib, yengil jarohatlar bilan kaltaklab kelayotganligi aytilgan videomurojaat tarqaldi.

Shuningdek, X.A.ning o‘gay onasi N.Z. uni o‘rib tan jarohati yetkazganligi, shu sababli o‘gay ona N.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Hozirgi kunda qizning o‘gay onasi N.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) va 110-moddalari (qiynash) bilan ayblov e’lon qilinib, tergov harakatlari yakunlanmoqda.

Bu haqda Shirin shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.