O‘g‘irlik sodir etib, yashirinib yurgan shaxs Samarqandda qo‘lga olindi

Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida o‘g‘irlik sodir etgan qidiruvdagi shaxs ushlandi.

Past Darg‘om tumani Gumbaz MFY da yashovchi shaxs, 1979 yilda tug‘ilgan Samarqand shahri hududida qo‘lga olindi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yashirinib yurgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilgan.