Olimlar Yer hayot uchun global oqibatlar “jadvali”ni aniqladi

Falokatlarning davriyligi, ehtimol Quyosh tizimining harakati bilan bog‘liqdir.

Yerdagi jonzotlarning, jumladan, suv va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlarning ommaviy qirilib ketishi taxminan 27.5 million yillik sikl davomiyligida aylanadi, deydi Nyu-York universiteti biologlari.

Bundan tashqari, bunday yo‘q bo‘lib ketishlar katta asteroidlar zarbalari, vulqon otilishlari va boshqa halokatli hodisalar oqibatida sodir bo‘ladi. Masalan, 66 million yil oldin kometa yoki asteroid qulashi tufayli dinozavrlar suvdagi va quruqlikdagi barcha jonzotlarning 70 foizi singari yo‘q bo‘lib ketgan.

Olimlar shuningdek, Yerning osmon jismlari bilan to‘qnashuviga to‘g‘ri kelgan yana ikkita ommaviy qirilishidan xabardor bo‘ldi. Boshqa qirg‘inlar bir vaqtning o‘zida bazalt otilishi yoki g‘ayrioddiy vulqon harakati bilan sodir bo‘lgan.

Aynan ta’sir kraterlari, vulqon harakatining izlari va qadimdagi falokatlarning boshqa dalillari tadqiqotchilarga bunday hodisalarning mumkin bo‘lish sabablarini aniqlashga yordam berdi.

Olimlar gap Quyosh tizimining galaktik yadro atrofi bo‘ylab harakatlanadigan orbitada deb, taxmin qilishayotir. Yer har 26-30 million yilda Somon yo‘li zonalaridan biriga tushib, davriy kometa bo‘ronlariga duch keladi. Shu vaqt ichida u samoviy jismlar bilan to‘qnashishi mumkin. Bu sayyoradagi hayot uchun global oqibatlarga, jumladan, qorong‘ilik, qahraton sovuq, yong‘inlarni keltiradi. Kislota yomg‘irlari va ozon qatlamining pasayishiga olib keladi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.