Olimpiya terma jamoamiz yarim finalda imkoniyatni boy berdi

Biroz avval Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida dastlabki yarim final uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.

Unda Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston OTJ o‘zaro bahs olib borishdi.

Teng kurashlar ostida kechgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi.

Uchrashuvning 86-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda raqib o‘yinchisi Nosir Salmon jamoamiz darvozasini ishg‘ol qildi.

Yarim final bahsida O‘zbekiston Saudiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.