Olis hududlarda ishlovchi shifokorlardan daromad solig‘i undirilmaydi
🔰 Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi (2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi):
➖ olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;
➖ olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta’lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.
🚫 Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan ham soliq undirilmaydi.
☑️ Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq to‘lashi mumkin (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).
➡️ Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyentda qo‘llaniladi.
🚙 Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni O‘zbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yig‘imdan ozod qilinadi (2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi), deyiladi Huquqiy axborot bergan ma’lumotda.