Olti oy davomida O‘zbekistondan xorijga 4710 kishi ko‘chib ketgan
Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni respublika bo‘yicha 4710 kishini tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ketganlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1460 kishi), Toshkent viloyati (1274 kishi) va Toshkent shahri (1132 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Surxondaryo (22 kishi), Buxoro (28 kishi), Andijon va Xorazm (54 kishidan) viloyatlaridan nisbatan kam odam ko‘chib ketgan.
O‘zbekistondan fuqarolar Qozog‘iston (2770 kishi), Rossiya (1737 kishi), Isroil (37 kishi), Qirg‘iziston (28 kishi), Tojikiston (18 kishi) va boshqa davlatlarga (120 kishi) ko‘chib ketgan.