Omadli chek sohibiga yutuq topshirildi
Davlat soliq qo‘mitasi yutuqli chek o‘yinlarining beshinchi tiraji 27 may kuni Farg‘ona shahrida o‘tkazildi.
Bu tirajda Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Shukurullo Mirzayev velosiped yutib oldi.
Omadli chek sohibiga yutuqni Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilshod Nurmuhamedov topshirdi.
– Yutuqli chek o‘yinlarida muntazam ishtirok etaman, – deydi Sh.Mirzayev. – Savdo do‘konidan yaxna ichimlik xarid qilgan edim. Sotuvchi taqdim etgan onlayn nazorat-kassa mashinasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Farg‘onada tashkil etilgan tirajda omadim chopib, velosiped sohibiga aylandim. Oddiy iste’molchi sifatida xarid chekini olish juda muhimligini yana bir bor his qildim. Xususan, chek orqali iste’molchi huquqi himoya qilinishi barobarida yutuqlardan birini qo‘lga kiritishga zamin yaratiladi.
Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi axborot xizmati.