Ombudsmanning Samarqanddagi vakili tanishtirildi

Tanishtiruv xalq deputatlari viloyat Kengashining ellik to‘qqizinchi sessiyasida o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Husanov Diyor Sheraliyevich Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida faoliyat olib bormoqda.

Mazkur vazifada u 2022 yil 15 fevralda ish boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1987 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan D.Husanov

2008 yilda Samarqand davlat universitetini yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Samarqand viloyatidagi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan.

2018-2019 yillarda viloyat hokimligida bosh yuristkonsult va devonxona bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifalarida ishlagan.