Ona tili – oltin sandiq

Ulug‘ Tursunov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari nomzodi, professor. 1905 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilib, uzoq yillar O‘zbekiston davlat universituti (hozirgi SamDU)da ishlagan. Umrining qirq yilini o‘zbek tili tarixi, fonetikasi, grammatikasi, terminologiyasi, leksikologiyasi, dialektologiyasi va frazeologiyasining dolzarb masalalarini o‘rganish, tadqiq etishga bag‘ishlagan, darsliklar yaratgan.

Samarqand tilshunoslik maktabining asoschisi Ulug‘ Tursunovning o‘zbek tili haqidagi fikrlari qadrli.

«O‘zbek tili o‘z tarixida bir qancha bosqichlarni o‘tagan. Hozirda tarixda ko‘rilmagan rivojlanishga ega bo‘ldi. Kelajakda yana rivojlanishi o‘z–o‘zidan ma’lum. Albatta, bu kelajakning iqtisodiyoti va madaniyatiga bog‘liqdir. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, biz yozgan ilmiy asarlar agglyutinativ va flektiv tillarning chog‘ishtirmali morfologik analiz asosiga qurilgan. Bu chog‘ishtirmali analizi maksimal ravishda turkiy tillarining, shu jumladan, o‘zbek tilining xarakterli spetsifik xususiyatlarini ochib beradi.

Ilmiy ishlarimiz natijasida shu fakt tasdiqlandiki: ona tili, bu oltin sandiq. Ona tili, xususan, o‘zbek tilini asosli ravishda o‘rganuv uchun, shu tillarda bo‘lgan boshqa til elementlari bilan ham oshna bo‘lish kerak».