O‘ngidan kelgan bashoratlar

Koronavirus haqida 1981 yilda yozilgan edi

Sayyoramizda halokatli koronavirus tarqalayotgan bugungi kunda uni Xitoyning Uxandagi maxsus laboratoriyasidan «qochgani» haqidagi mish-mishlar bot-bot tilga olinmoqda. Xitoy hukumati bu taxminni inkor etmoqda. Ammo yuqumli virus haqida amerikalik yozuvchi Din Kunse 1981 yilda o‘zining «Zulmat ko‘zi» asarida yozgani kishida hayrat uyg‘otadi.

Asarda allaqanday virus «Uxan-400» ramziy nomda Xitoy laboratoriyasida ommaviy qirg‘in quroli sifatida yaratilgani yoziladi. Oradan qirq yil o‘tsa-da romanda tasvirlangan vaziyat hozirgi kundagi faoliyatga bir tomchi suvday o‘xshaydi. Kitob syujetiga ko‘ra harbiy laboratoriyadan allaqanday olim Xitoyning diskka yozilgan eng xavfli biologik qurolini AQSh maxsus xizmatiga berish uchun Amerika hukumati tarafiga o‘tadi. Ushbu qurol yordamida Xitoy aholisi Yer yuzi bo‘yicha alohida shaharlarni va davlatlarni oldindan bartaraf etishni rejalashtirgandi. Koronavirusning nomi va dunyoga kelishi fantast-yozuvchi qaysidir ma’noda haq bo‘lib chiqqanini ko‘rsatmoqda.

Tolstoyning raketa va lazeri

Rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy o‘zining «Aelita» va «Injener Gerinning Giperboloidi» fantastik romanlarida hali odamzotning tushiga ham kirmagan voqealarni yozadi. Buni qarangki, bugungi kunga kelib, ushbu xayolot mahsullari real voqelikka aylandi.

«Aelita»da graf yozuvchilardan birinchi bo‘lib «Marsga uchishni tasvirlaydi: kitob qahramonlari Metislav Los va Aleksandr Gusev hali 1923 yilda o‘zlari yasagan raketada, inson xuddi shunday kosmik kemada kosmosga uchishidan salkam 40 yil avval fazoga uchishadi. «Injener Garinning giperboloidi»da esa yozuvchi XX asr boshlarida jangovar lazer haqida yozadi. Vaholanki, ushbu sohada ishlanmalar faqat 1960 yilga kelibgina paydo bo‘la boshlagan edi. Ushbu qurol prototiplariga XX asr oxiriga kelib texnik rivojlangan mamlakat armiyalari ega bo‘lishdi.

Shunisi hayratlanarliki, yozuvchi xayoloti mahsulini bugungi kunga kelib biz o‘z ko‘zimiz bilan real ko‘rib turibmiz.

Internetni XIX asrda Mark Tven bashorat qilgan

Amerika mumtoz adabiyoti namoyandasi Mark Tven 1898 yilda «Londonning 1904 yilgi Taymsidan» hikoyasini yozadi. Unda yozuvchi allaqanday «teleelektroskop» degan qurilma haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon ushbu qurilma yordamida yer sharining turli burchaklariga qo‘ng‘iroq qiladi va bunda teleelektroskop ekrani orqali dunyoning turli qismlarini o‘z ko‘zi bilan kuzatib turadi. Aslida yozuvchi bugungi kunda dunyoni o‘rgimchak to‘riday egallab olgan internet axborot vositasini tasvirlagan edi.

«Mir novostey» (2020 y. 11-son) dan T.Murod tayyorladi.