Onlayn: Samarqandda “Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi” o‘z ishini boshladi
Forum yalpi majlis bilan ochildi.
So‘ngra xalqaro anjuman ishtirokchilari “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi merosi – universallik va inson huquqlari”, “Inson huquqlari – Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash asosi sifatida”, “Inson huquqlari sohasi ta’limi: innovatsiyalar va yangi da’vatlar” va “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning inson huquqlari hurmat qilinishi, himoya etilishi hamda ularga rioya qilinishini ta’minlash masalalarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi”, deb nomlangan to‘rtta sessiyada muayyan mavzular bo‘yicha muloqot olib boradilar.
Osiyo forumi yakunida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Ushbu hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarish istiqbollariga bag‘ishlanadi.
Baxtiyor MUSTANOV.