Onlayn xizmatlar tufayli aholining 18 milliard so‘m mablag‘i tejalgan
Hozirda elektron hukumat orqali aholiga 265 turdagi onlayn davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Mazkur xizmatlarning 143 tasi bepul, 131 tasidan foydalanishda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Samarqand tumani davlat xizmatlari markazi operatori Behruz Abduvahobovning Zarnews’ ga ma’lum qilishicha, portal orqali 2,5 million xizmatlar ko‘rsatilish natijasida aholining 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i tejalgan.
Bugun portal o‘z foydalanuvchilariga bir nechta qulayliklar jamlanmasidan iborat yangi imkoniyatni taqdim etmoqda.
Endilikda, siz Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingiz orqali umumiy ma’lumotlaringizni ko‘rishingiz va tegishli xizmatlardan yanada oson foydalanishingiz mumkin. Jumladan, xizmat faoliyatidan ta’lim darajasi va ish tajribasi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
“Ko‘chmas mulk” bo‘limidan kadastr raqam va yashash manzili o‘rin olgan. Avtomobil vositasi haqida ma’lumot bandida foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlar keltiriladi va siz bu orqali jarimalar haqida xabardor bo‘lasiz. Oila a’zolaringiz tarkibi haqida ma’lumotlarni esa “Mening oilam” bo‘limida ko‘rasiz, “Mening kartalarim” bo‘limida elektron davlat xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirish maqsadida 85 turdagi davlat xizmatlari uchun onlayn to‘lash ham oson, ham ishonchli.