Oqdaryoda ham hokim almashdi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada  tashkiliy masala ko‘rildi.

2016 yil noyabr oyidan buyon Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan O‘sarov Pirmatboy Turanovich o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Abilov Feruz Ne’matullayevich Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.