Oqdaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.O. “Galaravot” MFY hududidagi xonadonida yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan juvoz uskunasi, iste’molga yaroqsiz yog‘, 846 kilogramm chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.