Oqdaryodagi ob’yektdan “Jamoatchilik nazorati maskani” sifatida foydalanish rejalashtirilgan

2020 yil 25 fevral kuni Zarnews.uz telegram kanalida Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi markazidagi maskanning nima uchun xizmat qilayotgani so‘roq ostiga olingan.

Mazkur masala Samarqand viloyati IIB axborot xizmati tomonidan o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, suratdagi mazkur bino Oqdaryo tumanining Loyish shaharchasida joylashgan bo‘lib, hozirda ushbu ob’yektda “Jamoatchilik nazorati maskani” sifatida, hududda tunu-kun jamoat xavfsizligini ta’minlashda foydalanish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash yakunlangandan so‘ng mazkur ob’yekt “Jamoatchilik nazorati maskani” sifatida aholining tinchligi va xavfsizligi uchun xizmat ko‘rsatadi.

Jahongir SAGDULLAYEV.