Biznes-ombudsman Oqdaryo tumani hokimligiga nisbatan kiritilgan da’vo bo‘yicha sudda yutib chiqdi

Da’vo ariza "Asilbek" MChJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan xizmat ko‘rsatishga oid shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlarga yillar davomida to‘lab berilmagan summani undirish uchun kiritilgan edi.

Aniqlanishicha, Oqdaryo tumani hokimligi va "Asilbek" MChJ o‘rtasida xizmat ko‘rsatishga oid umumiy qiymati 354 mln. so‘mlik shartnoma imzolangan. Shartnomaga asosan ishlar to‘liq bajarilishiga qaramasdan hokimlik tomonidan 100 mln. so‘m berilib, qolgan 254 mln. so‘m yillar davomida to‘lanmagan.

Biznes-ombudsmanning Payariq tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi natijasida Oqdaryo tumani hokimligining hisobidan jamiyatning foydasiga 254 million so‘m mablag‘ undirilishi belgilandi.

Abror Ibragimov,
Biznes-Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi shu’basi yetakchi inspektori.