Oqdaryolik yoshlar yetakchisi uylanishda namuna ko‘rsatdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Oqdaryo tumani kengashi bosh mutaxassisi Dilshod Mavlonov tumanning Loyish, Amir Temur mahallalarida yashovchi turmush sharoiti og‘ir, kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘yini o‘zining nikoh to‘yi bilan qo‘shib o‘tkazdi.
Mazkur to‘y shodiyonasi ixchamligi, dabdabalardan xoli o‘tgani bilan boshqa to‘y tadbirlarini o‘tkazayotganlarga namuna bo‘ldi. To‘y bolalarga nikoh to‘yi sohiblari tomonidan sovg‘alar topshirildi.
Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.