O‘qituvchi mehnati natijasining uchdan birini ilmiy, qolganini esa pedagogik faoliyat tashkil etishi kerakmi?

“Zarafshon” gazetasining joriy yil 9 iyul sonida SamDU dotsenti A.Quvvatovning “OTM o‘qituvchisiga ilmiy maqolasiga qarab baho beriladimi?” nomli maqolasi chop etilgan bo‘lib, kuyunchaklik bilan yozilgan  mazkur maqola o‘qiganni mulohazaga chorlaydi.

Chunki unda “OTM professor-o‘qituvchilarining asosiy ishi nima, skopusga maqola yozishmi yoki yaxshi mutaxassis tayyorlash”, degan masala qo‘yilgan va muallif bu borada o‘z fiklarini ham keskin bayon etgan. Jumladan, u OTM o‘qituvchisi mehnatiga baho berishda, asosan uning pedagogik faliyati e’tiborga olinishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, o‘qituvchi mehnati natijasining uchdan birini ilmiy, qolganini esa pedagogik faoliyat tashkil etishi kerak. Vaholanki, viloyatlarda oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangani “o‘rtamiyona ilm” qilishga ham yetarli emas.

OTMlarda pedagogning bahosini qadr-qimmati noma’lum ilmiy ish emas, u o‘qitgan shogirdlar qo‘yadigan baho bilan o‘lchash kerak, deydi muallif.

Maqolaning o‘ta dolzarbligini e’tiborga olib, bu borada har bir OTM o‘qituvchisi o‘z munosabatini bildirishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Xurshid NURULLAYeV

Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘limi rahbari.