O‘qituvchilarning saylov jarayoniga jalb etilishi to‘g‘rimi?
- 26.11.2019 16:38
- 358
- Siyosat
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilarini joriy yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayoniga jalb etilayotgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.
Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati ushbu xabarga munosabat bildirdi:
"O‘zbekiston Respublikasi Saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetgan. Mazkur komissiya tarkibiga ijtimoiy soha, jumladan, xalq ta’limi tizimi xodimlari ham kiritilgan.
Saylov kodeksiga muvofiq komissiya a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin".
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa