O‘smirlar uchun avto

Fransuzlar elektromobili “Sitroyen Ami”ni superkar, deb atash qiyin. Ammo uni 14 yoshli o‘smirlar boshqarish huquqiga ega. Ikki o‘rinli transport vositasi uncha katta emas, kamtargina ko‘rinadi. Uzunligi 2,41 metr, elektroavto yengil kvadrotsikl sifatida toifalanadi. Ammo yengil mashinachadan qolishmaydi.

Fransuz qonunlariga ko‘ra, uni Fransiyada 14 yosh, Yevropa va boshqa mamlakatlarda 16 yoshli o‘smirlarga haydovchilik guvohnomasiz boshqarishga ruxsat beriladi.

Shu yil iyun oyidan boshlab elektromobilni 6000 yevroga yoki oyiga 19,99 yevroga prokatga olish mumkin. Konstruktorlar uni o‘smirlar boshqarishini hisobga olib, dvigatelni biroz cheklashdi. Maksimal tezligi soatiga 45 kilometr, akkumulyator bir martalik zaryad olish bilan 70 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin (“Mir novostey” 2020 yil 10-son).

T.ShOMURODOV tayyorladi.