Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Osuda yurtga bayramlar yarashadi

O‘tgan yili ayni bahor paytida pandemiya sabab bayram tadbirlari, konsert dasturlari tashkil etilishiga ruxsat berilmadi. Uyda qolib zerikkan o‘quvchi va talabalar bu yilgi ko‘klamni va bahoriy ayyomlarni intiqlik bilan kutdi.

Bu yil biz, yoshlar uchun quvonchli keldi. "2021 yil - Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", deb nomlanishi ham ko‘nglimizdagi gap bo‘ldi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, kuni kecha 30 mart kuni Samarqand shahridagi "Mo‘’jiza" amfiteatrida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

- Tadbirda estradamizning yorqin yulduzlari Sarvar va Komil, ya’ni “Benom” guruhi ishtirok etdi, - deydi yoshlardan biri Zahro Rasulova. – Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi bepul konsertlar yoshlarning maroqli dam olishlari uchun qulay imkoniyatdir. Bunday tadbirlar chekka qishloqlarda ham bo‘lib turishini istardik.

Naima Jo‘rayeva.