Ota-ona qanday hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi?
Savolga fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi Feruz Karimov javob berdi.
- Bu savolga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasida aniq javob berilgan, - deydi F.Karimov. - Ya’ni, ushbu moddaga asosan ota-ona (yoki ulardan biri) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
- uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;
- muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
- o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
***
Ushbu videolavha va maqola xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.