Ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘loviga soliq solinmaydi
Yurtimizda joriy yilning 1 aprelidan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini daromad solig‘idan ozod etish ko‘zda tutilgan.
Bu haqda Prezidentning “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasida so‘z boradi.
Shuningdek, unda o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida 2022 yilda:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 605 mlrd. so‘m ajratilishi;
- 141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilishi;
- maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida umumta’lim maktablarining kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizim joriy etilishi belgilanadi.
Bunda umumta’lim maktablari “Ishga marhamat” monomarkazlariga biriktirilib, ularni o‘zaro bog‘lovchi elektron platforma yaratiladi.