O‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berilgan

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yilning o‘tgan yetti oyida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 21 ming 871 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan.

➖Xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 18 526 tasi (84,7 foiz) oilalarda sodir etilgan.

➖Himoya orderi berish natijasida 9 362 ta oilani tiklashga, 11 ming 350 ta oilada nizolarni bartaraf etishga erishilgan.

➖Rasmiylashtirilgan 5495 ta himoya orderi bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangan.