O‘tgan yil viloyatda yerni o‘zboshimchalik bilan egallashga oid 886 ta qonunbuzilish holati aniqlangan

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullarining ma’lum qilishicha, boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan viloyat bo‘yicha jami 886 ta yer qonunbuzilish holatlari aniqlanib ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 Eng ko‘p qonunbuzilish holatlari Bulung‘ur (79), Jomboy (22), Ishtixon (33), Kattaqo‘rg‘on (78), Narpay (128) , Nurobod (27), Oqdaryo (59), Past Darg‘om (26), Paxtachi (35), Payariq (161), Toyloq (75), Urgut (50), Qo‘shrobot (92), Samarqand tuman (21)larida aniqlangna holatlar yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirgan. Qonunbuzilishlarning deyarli barchasi yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga oid.

Shundan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan jami 7 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuborilgan. Hozirgacha 585 million so‘mlik jarimalar qo‘llanilib, uning 23 million so‘mi bo‘yicha Majburiy ijro byurosiga yuborilgan va 9 million 555 ming so‘mi, jami esa 154 million 326 ming so‘m jarima undirilgan.