O‘tgan yili O‘zbekistonda 1 tonnadan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 4779 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 172 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil - qo‘shni Afg‘onistonning hanuzgacha giyohvandlik vositalarini yetishtirish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turganidir. Tahlillarga ko‘ra, bu yerda o‘tgan yilda 6400 tonna opiy yetishtirilgan.