OTMlarda 16 yanvardan an’anaviy o‘qish boshlanishi to‘g‘risidagi xabar rad etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 16 yanvardan an’anaviy o‘qish boshlanishi to‘g‘risidagi xabarga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, 12 dekabr, shanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda «2021 yil 16 yanvardan barcha onlayn shaklda o‘qiyotgan talabalar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi», degan noto‘g‘ri xabarlar tarqalgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalarini to‘liq an’anaviy ta’lim shakliga o‘tkazish rejalashtirilmagan.

"Mazkur masalada yangilik bo‘lsa, vazirlik rasmiy veb-sayti va Telegramm kanali orqali ma’lum qilinadi", deyiladi vazirlik xabarida.