Oyda insoniyatni 5 ming yil davomida ta’minlaydigan geliy mavjud
Rossiya FA prezidenti Aleksandr Sergeyev kosmik resurslarni o‘rganish bo‘yicha ekspert ishchi guruhi tuzishga topshiriq berdi. Mavzu yarim yil avval kosmik resurslarni qazib olishga AQSh huquqini mustahkamlash bo‘yicha Tramp farmon bergandan keyin dolzarb tus olgan edi.
Kosmos tabiiy resurslar yetishmovchiligining o‘rnini to‘ldirishda manba bo‘lishi mumkin. Oy yuza qatlami geliy-3 izotopi bilan to‘yingan. U oyda milliardlab yillardan buyon to‘plangan geliy-3 termoyadro reaksiyasi uchun eng muhim yonilg‘idir. Yerda geliy deyarli yo‘q. Oyda esa insoniyatni 5 ming yil davomida ta’minlaydigan miqdorda mavjud. Oy yuzasiga doimiy ravishda asteroidlar yog‘ilib turgan. Bu esa qimmatli resursni hosil qilgan.
Yerda tugash arafasida turgan, elektronikada foydalanish uchun zarur mis, nikel, platina resurslari ham Oyda kata miqdorda.
«AiF» (2020 y 49-son) T.ShOMURODOV tayyorladi.