Oyga uchish necha pul

“Roskosmos” Oyga uchishning 400 milliard rubldan 1,7 trillion rublgacha baholadi. 1975 yilda tugallangan “Appolon” kosmik dasturi” amerikaliklarga o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 25 milliard dollarga tushgandi.

NASA hozirgi tayyorgarlik bosqichida Oy dasturi – “Artemida”ga allaqachon 50-60 milliard dollar sarflab qo‘ydi, aftidan loyiha 10 milliard dollarni tashkil qiladiganga o‘xshaydi.

“Temir gumbaz” qanchalik ishonchli?

Isroilning raketaga qarshi mudofaa “Temir gumbazi” nechog‘lik ishonchli? Bu tizim raketaga qarshi mobil batareyalardan tashkil topgan bo‘lib, 90 foiz dushman raketasini osmonda yo‘q qilishi mumkin ekan. Ammo yaqinda Falastin bilan bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda u dushman foydalanayotgan boshqarilmaydigan raketalarni tutishga ojizlik qilib qoldi.

Qayta tirilishga ishonishmoqda

Keyingi yillarda tobora ko‘proq odamlar tanani uzoq vaqt muzlatib saqlaydigan kompaniya – Krionikaga murojaat qilishmoqda.

Mijozlar "Kelajakda fan shunday yuksak darajaga yetadiki, uzoq yillardan keyin bizni eritib, tiriltiradi", deb ishonishmoqda va bu amaliyotga katta pul tikishmoqda.

“AiF” (2021 y, 22-son)dan T.Shomurodov tayyorladi.