Oyoq kiyimi ichiga 205 ming rubl va zargarlik buyumlari yashirilganligi aniqlandi
- 29.06.2019 13:29
- 59
- O‘zbekiston

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holati fosh etildi.
Jumladan, fuqaro S.S. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, jo‘natmadagi oyoq kiyim ichiga bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 205 ming Rossiya rubli hamda to‘rt dona sariq va oq metalladan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilganligi aniqlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
So'nggi yangiliklar
Sportchi bola - ota-ona g‘ururi
- Bugun, 10:02
- Sport
Bir mo‘’jiza, turli xil ismlar
- Kecha, 20:48
- O'qing, qiziq!