O‘z faoliyatini kutilmagan buyum ishlab chiqarish bilan boshlagan dunyodagi mashhur kompaniyalar
Hatto milliardlab dollar turadigan barqaror kompaniyalar o‘z ishini kichik biror narsa ishlab chiqarishdan boshlagan. Ularning ba’zilari biz tasavvur qila olmaydigan sharoitlarda paydo bo‘lgan. Hayratlanarlisi, bu yirik korxonalar o‘z faoliyatini butunlay boshqa yo‘nalishda boshlagan.
Bugun sizga buyuk korporatsiya va imperiyalarga aylangan kichkinagina korxonalarning ilhomlantiruvchi va qiziqarli tarixi bilan tanishtiramiz.
1. Sony korporatsiyasi tashkil etilganligining dastlabki yillarida elektr guruch pishirgichlar ishlab chiqaruvchi sifatida tanilgan.
2. Koreyaning yirik LG Electronics texnologik kompaniyasi o‘z faoliyatini kir yuvish kukuni ishlab chiqarish bilan boshlagan.
3. Ko‘p yillar oldin Finlyandiyadagi Nokia kompaniyasi rezina kalishlari ishlab chiqarish va sotish bilan pul topgan.
4. Toyota Yaponiyada tikuv mashinalari ishlab chiqargan. Hozir ham ularni ishlab chiqaradi.
5. SHARP kompaniyasi dastlab uchini chiqarish (yo‘nish) talab qilinmaydigan qalamlarni ishlab chiqarardi.
6. Bugungi kunda dunyo miqyosidagi Bombardier samolyotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya qordayurar avtomobillarni ishlab chiqaradigan kompaniyadan o‘sib chiqqan.
7. BMW kompaniyasi o‘z faoliyatini boshlaganida samolyotlar va aviatsiya dvigatellari ularning asosiy mahsuloti bo‘lganini juda kam odam bilsa kerak.
8. Samsung dastlab oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan kompaniya sifatida tashkil etilgan.
9. Lipton aslida oddiy oziq-ovqat do‘koni sifatida ish boshlagan.
10. Yuz yil oldin Bonduelle kompaniyasi alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona sifatida tanilgan edi.
11. Taniqli Hugo Boss kompaniyasi fashistlar Germaniyasi uchun maxsus kiyim ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
12. Kompyuter ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lishidan oldin IBM kompaniyasi hisoblash mashinalari, pishloq kesgich va tarozi ishlab chiqargan.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.